Ofisni tanlang
Ofisni tanlang
6 yildan beri minglab talabalarimizni Turkiyaning yetakchi oliygohlariga eng qulay sharoitlar va to‘liq qo‘llab-quvvatlash bilan joylashtirib kelmoqdamiz. Tajribali jamoamiz har bir talabaga shaxsiy maqsadlariga mos eng yaxshi ta’lim imkoniyatini yaratib beradi.
Turkiya universitetlarining dunyodagi yuqori obro‘si talabalarni kelajagini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi, shuning uchun Lumico Group sifatida biz talabalarga Turkiyadagi universitetlarda o‘qishda yordam beramiz.
Birinchi navbatda biz bilan bog'laning va Turkiyada o'qish hamda universitetlar haqida bepul maslahat oling.
Konsultatsiya davomida sizga universitetlar va mavjud yo'nalishlar haqida to'liq ma'lumot beramiz.
Sizga mos yo'nalish va universitet tanlangach, qabul jarayonini boshlaymiz. Batafsil ma'lumot
Har bir talaba Turkiyadagi ta'lim orqali o'zining orzularini amalga oshirishi va muvaffaqiyatli karyera qurishiga yordam berish. Biz xalqaro darajada yetakchi konsalting agentliklaridan biri bo'lishga intilamiz va shuning uchun mijozlarimizga doim yuqori darajadagi servis, universitet bilan rasmiy hamkorlik, individual yondashuv va qulay ta'lim imkoniyatlarini taqdim etamiz.
Xalqaro talabalar uchun Turkiyadagi ta'limni oson, tushunarli, xavfsiz qilish va, eng muhimi, ularni yolg'iz qoldirmaslik. Professional jamoamiz hujjat yig'ishdan tortib Turkiyadagi ta'lim va hayotga butunlay ko'nikib ketgunicha talabani yonida bo'ladi va qo'llab-quvvatlab turadi, ya'ni biz mijozlarimizga Turkiyadagi ta'lim sari tushunarli, shaffof va ishonchli yo'l xaritasi chizib berishga intilamiz.
Rasmiy qabulni eng tez va kafolatli olish tizimi, qabul xatini 3 kunda qo'lingizga olasiz.
2 ta davlatda ham ofis va minglab mamnun mijozlar. Turkiyada bo'lib ham istalgan muammoyingizni qisqa muddatda hal qilolasiz.
Biz 30 dan ortiq Turkiyadagi nufuzli universitetlarning rasmiy vakili hisoblanamiz, biz orqali siz boshqalarda yo'q ta'lim imkoniyatlariga ega bo'lasiz.
Mijozlarimiz doimiy ravishda bizning nazoratimiz ostida. Har bir talabaga Turkiyada shaxsiy menejer biriktiriladi, aeroportdan kutib olishdan boshlab barcha adaptatsiya jarayonlarida yordam beramiz.
Ortiqcha pul ishlatishingizga yo'l qo'ymaymiz. Biz orqali qulay ta'lim chegirmalari olishingiz mumkin, shuningdek yotoqxonadan tortib transport va sug'urtagacha - biz eng hamyonbop variantlarni taqdim etamiz.
Yo'nalish va universitet tanlashdan boshlab, qabul va ro'yxatdan o'tishgacha to'liq yordam beramiz
To'g'ri yo'nalish va universitet tanlashda profesional ko'mak
Tezlashtirilgan qabul jarayoni va maxsus chegirmalar
Arizadan bitiruvgacha 24/7 yordam